Live
2
O'zbek

«Real» rahbariyati Mourinoning ishidan norozi

Futbol
19 oktabr, 01:05
    22
Klubning ayrim vakillari Jozening ishiga jiddiy shubha bilan qaray boshlagan.
«Real» rahbariyati Mourinoning ishidan norozi
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinoning jamoaga qaytishi katta umidlar bilan kutib olingandi. Biroq Madrid klubi rahbariyatining ayrim vakillari hozirgi natijalardan norozi. Bu haqda jurnalist Xorxe Pikon X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Jurnalistning yozishicha, yozda portugaliyalik mutaxassisga qaror qabul qilishda keng vakolatlar berilgan, jamoa tarkibini shakllantirishda uning fikri inobatga olingan va tarkibni kuchaytirish uchun mablag‘ ajratilgan. Lekin hozircha klub rahbariyati kutilgan o‘zgarishlarni ko‘rmayapti.

Shu bilan birga, Mourinyo futbolchilar orasida qo‘llab-quvvatlovga ega. Asosiy e’tirozlar klub rahbariyati tomonidan bo‘lmoqda. Xususan, rahbariyatning ayrim vakillariga Diomande asosiy tarkibda kam maydonga tushayotgani, shuningdek, Arda Gyulerning almashtirilishi bilan bog‘liq ayrim qarorlar yoqmagan.

Klub rahbariyati Mourinyoga berilgan erkinlik jamoa o‘yinida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelishini kutgan. Biroq jamoaning harakatlari va murabbiy qarorlarida o‘tgan mavsumdagidan katta farq ko‘rinmayapti.

Pikonning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassisning qaytishidagi dastlabki ishtiyoq o‘rnini tanqidiy munosabat egallamoqda. Klubning ayrim vakillari esa Mourinoning ishiga jiddiy shubha bilan qaray boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» La Liganing 7-turi doirasida «Sevilya»ni yirik 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar