Madridning «Real» klubi ving eri Vinisius Junior avgust oyidan buyon gol ura olmayapti.
Shuningdek, u avvalgi mavsumlardagidek yorqin o‘yin namoyish eta olmayapti. Madrid Zone ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 3 ta uchrashuvda birorta ham muvaffaqiyatli dribling amalga oshirmagan. Bu uning «Real»dagi faoliyati davomida eng yomon seriyasi hisoblanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Vinisius 2018 yilda Braziliyaning «Flamengo» klubidan Madrid jamoasiga ko‘chib o‘tgan. O‘tgan yozda u klub bilan 2032 yil yozigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi.
Chorshanba kuni AEKka qarshi bahsda esa Vinisius 82 daqiqa harakat qildi, ammo gol yoki assist qayd eta olmadi. Ushbu bahsda braziliyalik ving er jamoasi Gretsiya klubini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. Gretsiya klubi esa 3 ochko bilan 30-o‘rinda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi