Live
10
O'zbek

YChL. «Real» Afinada AEKni katta qiyinchilik bilan mag‘lub etdi

Futbol
4 noyabr, 14:44
    86
Valverde 90+2-daqiqada supergoli bilan Madrid klubiga g‘alaba keltirdi.
YChL. «Real» Afinada AEKni katta qiyinchilik bilan mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi AEK Athens AEK Athens 2 : 3 Real Madrid Real Madrid

Yevropa Chempionlar ligasi 4-turida «Real» Afinada AEK bilan bahslashdi. Unda madridliklar kambek evaziga raqibidan ustun keldi. Dastlab Koita 12-daqiqada hisobni ochdi. 32-daqiqada Bellinghem muvozanatni tikladi. 75-daqiqada Pilo yana mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada Mbappe, 90+2-daqiqada Valverde gollarga mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Gretsiya klubi esa 3 ochko bilan 30-o‘rinda.

YChL. 4-tur
AEK – Real 2:3
Gollar:
Koita 12, Pilo 75 – Bellinghem 32, Mbappe 78, Valverde 90+2
Real
– Kurtua, Dumfris, Militao, Ryudiger, Kukurelya (Dias, 82), Bernardo Silva (Endrik, 67), Kamavinga, Vinisius (Karreras 82), Diomande (Valverde, 67), Bellinghem (Espi, 86), Mbappe.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AEK Athens AEK Athens
  • Real Madrid Real Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

86 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar