Live
10
O'zbek

Matetaning qizil kartochkasi o‘z kuchida qoldi

Futbol
4 noyabr, 13:31
Futbolchi «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda qo‘pol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka olgan edi.
Matetaning qizil kartochkasi o‘z kuchida qoldi
Фото: Getty Images

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Matetaning qizil kartochkasini bekor qilish bo‘yicha apellyatsiyasi rad etildi. Bu haqda Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) xabar berdi.

Mustaqil tartib-intizom komissiyasi klubning futbolchi asossiz chetlatilgani va jazo haddan tashqari og‘ir ekani haqidagi da’volarini qanoatlantirmadi.

Eslatib o‘tamiz, Mateta 31-oktabr kuni APL doirasida «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvda qo‘pol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka olgan edi.

Qaror o‘zgarishsiz qoldirilgani sababli fransiyalik hujumchi uchta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Avvalroq fransiyalik futbolchi qishda «burgutlar»ni tark etish haqida o‘ylayotgani xabar qilingandi

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar