«PSJ» klubi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar angliyalik 21 yoshli futbolchini Fabian Ruizning o‘rnini bosadigan o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike Maynuni uzoq muddatli loyihaga munosib deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, hozircha ikki klub o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kobbi aprel oyida «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzolagan edi. Yangi kelishuv 2031-yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Bu mavsumda u klub safida barcha turnirlar doirasida 10 ta o‘yin o‘tkazib, bir marta golli uzatma muallifiga aylandi.