Rossiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan bahsda «Dinamo» Maxachqalada «Rostov»dan javobsiz 3 ta to‘p o‘tkazib yubordi.
Mezbonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Mahmud Mahamadjonov 14-daqiqadayoq qizil kartochka oldi.
6-sentyabrdan beri g‘alaba nimaligini bilmayotgan Maxachqala klubi (13 ochko) 11-o‘ringa tushib ketdi. «Rostov» 18 ochko bilan 6-pog‘onada.
RPL. 13-tur
Dinamo Maxachqala — Rostov 0:3
1-noyabr, «Anji Arena»
Gollar: Mironov (30), Kuchayev (40), Ronaldo (69).
Dinamo Maxachqala — Karabashev, Sundukov, Zinovich (Sandrachuk, 72), Alarkon, MAHAMADJONOV, Glushkov, Mrezigue (Apshatsev, 72), Lesovoy (Ahmedov, 46), Husaynnajod, Kuzyayev, Agalarov (Miro, 46).
Chetlatish: MAHAMADJONOV (14).
RPL. Mahamadjonov 14-daqiqadayoq chetlatilgan o‘yinda «Dinamo» yutqazdi
Futbol
1 noyabr, 10:24
Maxachqala klubi deyarli 2 oydan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti.
Foto: Dynamo Makhachkala
01.11.2026
FT
Rossiya Premer-ligasi
Dinamo Makhachkala
0
:
3
FC Rostov