Rossiya chempionatining 12-turida Maxachqal’aning «Dinamo»si Sankt-Peterburgda peshqadam «Zenit»ga imkoniyatni boy berdi. Bellashuvda 4 ta penalti belgilanib, ularning 2 tasi golga aylandi.
Mehmonlar safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Mahmud Mahamadjоnov 83 daqiqa harakat qildi, 44-daqiqada sariq kartochka oldi.
«Zenit» ochkolarini 27 taga yetkazib, 1-o‘rinni egallab turibdi. «Dinamo» 13 ochko bilan 10-pog‘onada.
RPL. 12-tur
Zenit — Dinamo Maxachqal’a 2:0
25 oktabr, «Gazprom Arena»
Gollar: Felipe Augusto (63, penalti), Glushenkov (77, penalti).
Foydalanilmagan penaltilar: Andrade (90+8) — Miro (16).
Dinamo Maxachqal’a — Karabashev, Sundukov, Alarkon, Zinovich, Alibekov, MAHAMADJONOV (Sandrachuk, 83), Kuzyaev (Aleksandrov, 83), Mrezigue (Jabrailov, 69), Glushkov, Husaynnajod (Lesovoy, 65), Miro (Agalarov, 64).
RPL. «Dinamo» Maxachqal’a «Zenit»ga mag‘lub bo‘ldi, Mahamadjonov 83 daqiqa o‘ynadi
Futbol
25 oktabr, 13:53
3
Bellashuvda 4 ta penalti belgilanib, ularning faqat 2 tasi golga aylandi.
Foto: Dynamo Makhachkala
25.10.2026
FT
Rossiya Premer-ligasi
Zenit St. Petersburg
2
:
0
Dinamo Makhachkala
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi