Bugun
13
O'zbek

Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turniridagi janglar ro'yxati e'lon qilindi

MMA
8 mart, 04:30
Asosiy jangda Topuriya va Geyji yengil vazn toifasi kamari uchun oktagonga chiqadi.
Oq uyda bo'lib o'tadigan UFC turniridagi janglar ro'yxati e'lon qilindi
Foto: Archivo

UFC prezidenti Dana Uayt 14 iyun kuni Oq uy hududida bo'lib o'tadigan turnirning janglar ro'yxatini e'lon qildi.

Asosiy jangda Iliya Topuriya va Jastin Geyji yengil vazn toifasi kamari uchun oktagonga chiqadi. Ikkinchi asosiy jangda esa og'ir vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Aleks Pereyra va Siril Gan o'zaro to'qnash keladi.

Kard doirasida yana 4 ta jang o'tkaziladi:

● Shon O'Melli — Aymann Zahabi;
● Maurisio Ruffi — Maykl Chendler;
● Bo Nikal — Kayl Dokas;
● Diego Lopes — Stiv Garsiya.

Avvalroq UFC 326 turniri doirasida Oliveyra Holloweyni mag'lub etib, BMF kamarining yangi sohibiga aylangani ma'lum qilingan edi.

Bugungi yangiliklar