Bugun
13
O'zbek

UFC 326. Oliveyra Holloueyni mag'lub etib, BMF kamari yangi sohibiga aylandi

MMA
8 mart, 03:30
2015 yilda Maks Charlzni 1-raunddayoq texnik nokaut bilan yenggandi.
UFC 326. Oliveyra Holloueyni mag'lub etib, BMF kamari yangi sohibiga aylandi
Foto: Getty Images

Las-Vegas shahrida UFC 326 turniri bo'lib o'tdi.

Asosiy jangda Maks Hollouey (27-9) Charlz Oliveyraga (37-11) hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan mag'lub bo'ldi (45-50 — uch marta) va BMF kamari boy berdi.

2015 yilda esa Hollouey Oliveyrani 1-raunddayoq texnik nokaut bilan mag'lub etgandi.

Asosiy kard doirasidagi boshqa jang natijalari:

● Kayo Borralio (18-2) Renie de Ridderni (21-4) hakamlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan mag'lub etdi (30-27 — uch marta);

● Rob Font (22-10) Raul Rosas kichikka (12-1) hakamlar qarori bilan mag'lub bo'ldi (27-30 — uch marta);

● Dryu Dober (29-15) Maykl Jonsonni (25-11) 2-raundda nokautga uchratdi;

● Gregori Rodriges (19-6) Bruno Ferreyani (15-3) 1-raundda nokaut bilan mag'lub etdi.

Bugungi yangiliklar