«Real» fransiyalik yarimhimoyachi Orelen Chuameni bilan shartnomani uzaytirganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.
Yangi kelishuvga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi Madrid jamoasi safida 2032 yil 30 iyuniga qadar to‘p tepadi.
Chuameni 2022 yilda «Real» safiga kelib qo‘shilgan. Shu vaqt davomida u jamoa tarkibida 205 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi 2 ta jahon chempionati va UEFA Superkubogining 2 ta g‘olibligi bor. Shuningdek, yarimhimoyachi Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogida ham g‘olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, bundan avval «Real» turkiyalik yarimhimoyachi Arda Guler bilan ham shartnomani uzaytirganini ma’lum qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi