Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya Bundesligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Vensan Kompani shogirdlari mamlakat chempionatida ketma-ket 25 ta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti.
Myunxenliklar Bundesliganing 10-turidan o‘rin olgan «Kyoln»ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Shu tariqa, jamoa o‘zining uzoq davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasini yana bitta o‘yinga uzaytirdi.
Jamoa Germaniya chempionatida so‘nggi marta 24 yanvar kuni mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda myunxenliklar «Augsburg»ga qarshi uchrashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Shundan buyon Vensan Kompani boshqarayotgan jamoa Bundesligada 25 ta bahs o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba qozondi va 7 ta uchrashuvda durang o‘ynadi.
Qayd etish lozim, myunxenliklar chempionat doirasidagi navbatdagi o‘yinini 28 noyabr kuni «Gamburg»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi