Live
4
O'zbek

«Bavariya» futbolchilari klub rahbariyatidan norozi

Futbol
28 noyabr, 04:30
    4
Rahbariyatning xatti-harakatlari ayrim futbol agentlarining ham hafsalasini pir qilgan.
«Bavariya» futbolchilari klub rahbariyatidan norozi
Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi ayrim futbolchilari rahbariyat bilan munosabatlari murakkablashgan jamoa yarimhimoyachisi Jamol Musialani qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, klub rahbariyatining Musiala olgan navbatdagi jarohatga munosabati jamoa a’zolari orasida tobora ko‘proq norozilik uyg‘otmoqda.

Ta’kidlanishicha, myunxenliklar rahbariyatining xatti-harakatlari ayrim futbol agentlarining ham hafsalasini pir qilgan. Endi ular o‘z mijozlariga Germaniya grandiga o‘tish variantini ko‘rib chiqishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniya chempionatining ortda qolgan 10-turidan so‘ng «Bavariya» 22 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Vensan Kompani shogirdlari bugun, 28-noyabr kuni Bundesliganing 11-turi doirasida safarda «Hamburg»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

Avvalroq «Bavariya» faxriy prezidenti Musialaning avvalgi sport formasiga qaytishiga shubha bildirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar