Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 13-turida «Al Hazm» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qilib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bellashuvdagi yagona gol 26-daqiqada Samyu Koshta tomonidan urildi. «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bahsni to‘liq o‘tkazdi.
Ushbu natijadan so‘ng «An Nasr» 31 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Al Hazm» esa 10 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
Saudiya Proligasi. 13-tur
Al Hazm — An Nasr 0:1
Gol: Samyu Koshta 26.
Al Hazm: Shtanek, Tanker, Al-Daxil, Saud Al-Rashed, Al-Shankiti (Sayyud, 68), Al-Naxli, Bax, Mugisha (Al-Shamrani, 79), Muhammad Al-Hamdani (Al-Dvehe, 79), Akolatse (Diakite, 68), Pyulyulyu.
An Nasr: Bento, Bushal, Al-Amri, Inigo Martines, Aman Avad, Samyu Koshta, Al-Gamdi (Al-Hamdan, 66), Gabriel Anjelo (Al-Xaybari, 83), Mane (Yahya, 89), Feliks (Garib, 89), Ronaldu.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi