Saudiya Pro ligasining 13-turida «Al Hilol» safarda «Al Ittifoq» bilan bellashdi. Unda Simone Inzagi jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uotkins dublga erishdi. Yana bir gol Milinkovich-Savich hisobiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Al Hilol» ochkolari sonini 33 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. «Al Ittifoq» esa 19 ochko bilan 7-o‘rinda.
Saudiya Pro ligasi. 14-tur
Al Ittifoq — Al Hilol 1:3
Gollar: Medran 40 — Uotkins 30, 74, Milinkovich-Savich 61.
Al Hilol — Bunu, Mahzari (Al Yami, 89), Tambakti (Lajami, 89), Teo Ernandes, Kulibali, Milinkovich-Savich, Kanno, Al Dovsari, Sammervill (Mandash, 72), Martinelli, Uotkins (Meyte, 89).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi