«Milan» yarim himoyachisi Yussufa Fofana faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda VamosMiSevilla nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» jamoasi anchadan beri uni kuzatib keladi va qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. «Qizil iblislar» qishki transfer oynasidayoq Fofanani sotib olish uchun taklif berishga tayyor.
Hozirda Fofana «Sevilya» jamoasida ijara asosida o‘ynamoqda. Ijara shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar davom etadi. Uning «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilning yozida nihoyasiga yetadi.
Transfermarkt portali Fofananing transfer qiymatini 23 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq «Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiy lavozimi uchun nomzodlarni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.