Live
1
O'zbek

Neymar diskvalifikatsiya sabab «Santos»ning uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi — Globo

Futbol
29 oktabr, 03:12
    6
Hujumchi Braziliya chempionatining navbatdagi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Neymar diskvalifikatsiya sabab «Santos»ning uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi — Globo
Foto: Gettyimages

«Santos» futbol klubi vakili Neymar Braziliya chempionatining navbatdagi 3 ta turida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Globo nrashri xabar berdi.

34 yoshli forvard Braziliya Oliy sport sudi (STJD) tartib-intizom komissiyasining 28-oktabr kuni qabul qilingan qarori tufayli ikkita o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Qo‘shimchasiga, futbolchi sariq kartochkalari ko‘p bo‘lgani uchun yana bir o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Sud jarayoniga 32-turning «Bayya» bilan o‘yinidagi epizod (1:1) sabab bo‘ldi. Bellashuvning tanaffus vaqtida Neymar raqib yarimhimoyachisi Rodrigo Nestor bilan bahslashib qoldi va qo‘li bilan og‘zini yopdi. Voqeadan so‘ng braziliyalik to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

Shu tariqa, forvard 28 oktabrda «Palmeyras»,-2-noyabrda «Bragantino» va 18-noyabrda «Kuritiba»ga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar