Live
3
O'zbek

«PSJ» ketma-ket 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Futbol
8 noyabr, 01:15
    3
Parijliklar so‘nggi bor 4-sentabr kuni «Monako»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan edi.
«PSJ» ketma-ket 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

«PSJ» barcha musobaqalar doirasidagi g‘alabali seriyasini 11 ta o‘yinga yetkazdi.

Luis Enrike shogirdlari Fransiya chempionatining navbatdagi turida «Trua»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

Parijliklar so‘nggi bor 4-sentabr kuni «Monako»ga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan edi. Shundan buyon jamoa barcha musobaqalarda faqat g‘alaba qozonmoqda.

Ushbu davr mobaynida «PSJ» «Marsel»ni 2:1, «Manchester Siti» va «Barselona»ni bir xil 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, klub yana 8 ta raqib ustidan zafar quchdi.

Qayd etish lozim, Parij jamoasi ushbu 11 uchrashuvda raiblar darvozasiga jami 37 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 9 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. «PSJ» navbatdagi uchrashuvini 21-noyabr kuni «Nitssa»ga qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq Kroos «PSJ» Chempionlar Ligasida ketma-ket uchinchi marta g‘olib chiqishini istamasligini aytib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar