Maurisio Pochettino va uning murabbiylar shtabi «Manchester Yunayted»dagi ishlariga juda tez kirishishlariga to‘g‘ri keldi. Argentinalik mutaxassis o‘tgan hafta AQSH milliy jamoasi qarorgohidan qaytib keldi va darhol «qizil iblislar» bilan ish boshladi.
Pochettino va uning hamkasblarida hatto tashqi ko‘rinishlarini tartibga keltirishga ham vaqt bo‘lmagan. Biroq endi mankunianliklar bosh murabbiyi va uning yordamchilari klub bazasidagi sartaroshxona xizmatidan foydalanib, soch oldirishga ulgurishdi. Bu haqda The Touchline nashri fotosuratlar bilan xabar berdi.
Albatta, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda hazilomuz fikrlar ham bildirildi. Muxlislar Pochettino qo‘l ostidagi ikki uchrashuvda «Yunayted»ga aynan shu narsa yetishmaganini, endi esa hammasi yaxshi bo‘lishini hazil qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis boshchiligidagi jamoa dastlabki ikki bahsda «Liverpul»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va «Sporting» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ayni paytda «Manchester United» Angliya Premyer-ligasi va Chempionlar ligasi jadvallarida 19-o‘rinni egallab turibdi.
«Aynan shu narsa yetishmayotgandi» — Pochettino va uning yordamchilari nihoyat o‘zlariga qarashga vaqt topishdi
Futbol
27 noyabr, 02:50
Muxlislar «MYU» bosh murabbiyining klub sartaroshxonasiga borganiga hazilomuz munosabat bildirishdi.
Foto: Getty Images