Bugun
38
O'zbek

Yan O'Melli bilan revansh haqida: «Nega endi yo‘q?»

MMA
21 oktabr, 15:00
Shu bilan birga, rossiyalik chempion keyingi raqibini o‘zi tanlamasligini aytdi.
Yan O'Melli bilan revansh haqida: «Nega endi yo‘q?»
Foto: Getty Images

UFC'ning yengil vazn toifasidagi chempioni, rossiyalik Pyotr Yan amerikalik Shon O’Melli bilan revansh jangini o‘tkazishga tayyor ekanini aytdi. Biroq u keyingi raqibni tanlash bo‘yicha yakuniy qaror matchmeykerlar tomonidan qabul qilinishini ta’kidladi.

«Nega endi yo‘q? Jiddiy aytyapman, bizning o‘rtamizda muayyan tarix bor. Shunday ekan, nega yana jang qilmasligimiz kerak? U hozir ochiqchasiga g‘alaba qozonmoqda va o‘zini juda yaxshi ko‘rsatyapti. Shon oldinga harakat qilmoqda va chempionlik kamari uchun kurashishi kerak bo‘lgan keyingi da’vogar yoki da’vogarlardan biri ekanini aniq isbotladi. Ammo bu uning janglarini tomosha qilib, ulardan hayratda qolyapman, degani emas. U shunchaki to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda.

Kim chempionlik kamariga loyiq ekanini bilmayman. Kuchli beshlikda men avval ham jang qilgan ko‘plab sportchilar bor. Matchmeykerlar kimni raqib qilib belgilashsa, o‘sha bilan urishaman. O‘zimga raqib tanlamayman — kimni belgilashsa, o‘sha bilan oktagonga chiqaman»,
— deya Yanning so‘zlarini keltiradi MMA Fighting portali.

Jangchilar ilk bor 2022-yili to‘qnash kelishgan va unda O'Melli hakamlarning bo‘lingan qarori bilan g‘alaba qozongan.

Bugungi yangiliklar