Italiyaning «Milan» klubi yarimhimoyachisi Kristian Pulishich yaqin kunlarda yangi bitimga imzo chekishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar to‘liq kelishuvga erishishiga bir qadam qolgan. Avval xabar qilinganidek, yangi shartnoma 2031-yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Amerikalik futbolchining maoshi esa, manbaga ko‘ra, yiliga 6 mln yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, Kristian Pulishich-2023-yildan buyon «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi keyingi yil yozda nihoyasiga yetadi. Yangi mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.