Bugun
27
O'zbek

«Manchester Siti» professional futboldan butunlay chetlatilishi mumkin — Ben Jeykobs

Futbol
27 sentabr, 00:51
    80
Ma’lumot uchun, «shaharliklar» 2009-yildan 2018-yilgacha APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.
«Manchester Siti» professional futboldan butunlay chetlatilishi mumkin — Ben Jeykobs
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Siti» klubi APL moliyaviy qoidalarini buzganligi to‘g‘risidagi ish doirasida juda jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining YouTube kanalida ma’lum qildi.

«Agar «Manchester Siti» Premer-ligadan chetlashtirilsa, EFL hukm bilan tanishib chiqishni va birdamlik belgisi sifatida APL pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda, shuningdek, «Manchester Siti»ni o‘z musobaqalariga kiritmaslikka harakat qilmoqda.

Eng yomon ssenariyda «Manchester Siti» umuman professional futboldan chetlatilishi xavfi mavjud. Ammo bu qonuniy imkoniyatlardan biri, shuning uchun jazo qanday bo‘lishi haqida taxmin qilish kerak emas», - dedi Jeykobs.

Eslatib o‘tamiz, EFL Angliyaning Premer-ligadan pastda joylashgan professional divizionlari - Chempionship, Liga 1 va Liga 2ni birlashtiradi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 2009-yildan 2018-yilgacha APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Liga klubga qarshi 115 ta ayblovni ilgari surdi, xususan, moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etish, o‘yinchilar va murabbiylarga to‘lovlar, shuningdek, UYEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari va daromadlilik, barqaror rivojlanish talablariga rioya qilish bilan bog‘liq. Ishni mustaqil komissiya ko‘rib chiqmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

80 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar