«Manchester Yunayted» 16 yoshli angliyalik yarimhimoyachi Devid Ezeni «Manchester Siti»dan o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
Yosh futbolchi «qizil iblislar» safiga erkin agent maqomida o‘tdi. Bu «Manchester Yunayted»ning ushbu haftadagi ikkinchi transferi bo‘ldi.
Bundan uch kun avval 17 yoshli Karim Kassim ham «Manchester Siti»dan «Manchester Yunayted»ga erkin agent sifatida o‘tgandi. U 2025/26-yilgi mavsumda barcha turnirlarda 13 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
«Manchester Yunayted» ayni paytda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 5 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa beshta bahs o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» navbatdagi bahsini 10-oktyabr kuni o‘z maydonida «Tottenhem»ga qarshi o‘tkazadi.