Bugun
27
O'zbek

«MYU»da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Futbol
27 sentabr, 05:15
«Qizil iblislar» yarimhimoyachisi Kobbi Maynu klub sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
«MYU»da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Foto: Getty Images
10.10.2026, 12:30 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Tottenhem Tottenhem

«Manchester Yunayted» matbuot xizmati jamoaning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ushbu sovrin yarimhimoyachi Kobbi Maynuga nasib etdi.

21 yoshli futbolchi ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida «Manchester Yunayted» safida beshta bahsda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Maynuning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng 5 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi Premyer-liga bahsida o‘z maydonida «Tottenhem»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar