Live
1
O'zbek

Superliga. Sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

Futbol
29 sentabr, 02:45
Olti nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Superliga. Sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: FC Nasaf

O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) Superliganing sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, olti nafar futbolchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

«Surxon» a’zosi Tornike Zebniaru ushbu oyda 3 o‘yinda maydonga tushgan va 2 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

«Nasaf» yarimhimoyachisi Sharof Muhitdinov 2 bahsda 2 gol va 4 assist qayd etgan bo‘lsa, «So‘g‘diyona» vakili Filip Ivanovich 3 uchrashuvda 2 ta gol muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, «Navbahor» futbolchisi Shohrux Abdurahmonov 3 o‘yinda 3 golni o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ygan. «Nasaf» ving eri Adenis Shala esa 2 bellashuvda 2 marta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, OKMK yarimhimoyachisi Giorgi Papava 3 bahsda 2 gol urishni uddalagan.

Superliga. Sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi
Foto: O‘zPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar