“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk APL 6-turidan oʻrin olgan “Manchester Siti” (0:3) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi..
«Menimcha, birinchi bo‘lim biz uchun yaxshi o‘tdi, yuqori sur’at va shiddat bilan o‘ynadik. Qarshi hujumlarga o‘tgan ayrim vaziyatlarimizda yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Rostini aytsam, juda xavfli vaziyatlar yaratdik, deb o‘ylamayman, ammo, nazarimda, g‘alaba qozonishni istashimizni ko‘rsata oldik.
Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shu tarzda o‘ynashga harakat qildik. Afsuski, qizil kartochka o‘yinning borishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, shundan keyin darhol to‘p o‘tkazib yuborganimizni hisobga olsak», — deya mersisaydliklar sardorining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Van Deyk: «Qizil kartochka o‘yinning borishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi»
Futbol
11 oktabr, 21:25
10
«Liverpul» sardori «Siti»dan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
11.10.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Liverpul
0
:
3
Manchester Siti
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi