“Manchester Siti” bosh murabbiyi Enso Mareska APL 6-turidan oʻrin olgan “Liverpul”ga (3:0) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Juda og‘ir sharoitda kechgan o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda bizga qiyin bo‘ldi. To‘pga egalik qildik, ammo hujumlarda samarali harakat qila olmadik. Ikkinchi bo‘lim oldidan ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirdik va shundan so‘ng o‘yinimiz ancha yaxshilandi. Hujumlarning dastlabki bosqichida xatolarga yo‘l qo‘ydik, biroq ikkinchi bo‘limda o‘yinimizni kuchaytirdik.
Maydon tashqarisidagi holatlar jamoaga ta’sir qilishi mumkinmi? Balki, ha, ehtimol, yo‘q. Buni bilmayman. Bunday vaziyat jamoa va muxlislarni yanada jipslashtirishi mumkin. Umid qilamanki, g‘alabalarni birgalikda nishonlaymiz. Biz faqat shu maqsadga e’tibor qaratganmiz», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Mareska: «1-bo‘lim og‘ir bo‘ldi. O‘zgarishlardan so‘ng o‘yinimiz yaxshilandi»
Futbol
11 oktabr, 21:55
11
«Siti» bosh murabbiyi «Enfild»dagi yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: Getty Images
11.10.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Liverpul
0
:
3
Manchester Siti
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi