«Fulhem» klubi rahbariyati bosh murabbiy Alvaro Arbeloani yaqin haftalar ichida iste’foga chiqarishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya Premer-ligasining oltinchi turida «Ipsvich»dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, London klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga vaziyatni o‘nglash uchun ikkita uchrashuv muhlat bergan.
Qayd etilishicha, Arbeloa oldiga aniq vazifa qo‘yilgan: «Hull Siti» va «Koventri»ga qarshi o‘yinlarda kamida to‘rt ochko jamg‘arish. Agar murabbiy bu vazifani bajara olmasa, uning kelajagi so‘roq ostida qolishi mumkin.
Shuningdek, futbol agentlari «Fulhem» rahbariyatiga bosh murabbiylik lavozimi uchun turli nomzodlarni taklif qila boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, Arbeloa bu yilning yozida London klubini boshqarishga kirishgan edi. Biroq Premer-liganing oltita turidan keyin jamoa atigi ikki ochko to‘plagan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi