«Liverpul»ning sobiq sardori va yarimhimoyachisi Stiven Jerrard «Manchester Siti» bilan bog‘liq ish yuzasidan fikr bildirdi. Uning aytishicha, u Angliya Premyer-ligasi chempionligini qo‘lga kiritmaganiga allaqachon ko‘nikkan va bunday vaziyatda chempionlik medalini qabul qilmagan bo‘lardi.
«Men Premyer-ligada hech qachon g‘olib bo‘lmaganim bilan yarashganman. Bu yerda o‘tirib, agar menga APL medali berilsa, uni qabul qilardim, deb aytadiganlardan emasman.
Ammo «Manchester Siti» futbolchilari va muxlislarining «Sizlar bizdan o‘sha lahzalarni tortib ololmaysizlar», degan gaplarini eshitdim. Boshqalardan tortib olingan xotiralar-chi? Gap faqat men va «Liverpul» haqida emas. «Tottenhem», «Manchester Yunayted», «Everton» muxlislari va boshqa jamoalar ishqibozlari haqida ham bormoqda.
«Manchester Siti» bilan bog‘liq har bir kishi boshqalardan tortib olingan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xotiralar haqida o‘ylab ko‘rishi kerak», — deya Jerrardning so‘zlarini The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida keltirmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi