"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone APLning top klublaridan birida ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, tajribali murabbiyga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. Simeone jamoa bosh murabbiyligidagi Liam Roseniorning o'rnini egallashi mumkin, chunki uning qo'l ostida "ko'klar" kutilgan darajada natija ko'rsatmayapti.
Ma'lumot o'rnida, Diego 2011 yildan buyon "Atletiko"ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Avvalroq Simeonening "Inter" bilan muzokara o'tkazgani ma'lum qilingandi.