"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Inter" bilan muzokara o'tkazdi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar hamkorlik bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Argentinlik 55 yoshli mutaxassis "neradzurrilar"ni boshqarishga tayyor.
Hozirda "Inter"ni Kristian Kivu boshqaryapti. Lekin uning jamoada uzoq muddatga qolishi noma'lum.
Simeone esa 2011 yilning dekabridan beri "matraschilar"ning ustoz hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq "Inter" Akanji bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib olgandi.