Live
16
O'zbek

«Chelsi» yarimhimoyachi uchun 118 million yevro to‘lashga tayyor

Futbol
13 oktabr, 07:00
London klubi «Bornmut» futbolchisi Aleks Skottni qishki transferlar vaqtida sotib olishga umid qilmoqda.
«Chelsi» yarimhimoyachi uchun 118 million yevro to‘lashga tayyor
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skottni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi yanvar oyida 23 yoshli futbolchini transfer qilishiga ishonmoqda. «Bornmut» Skottning narxini 118 million yevro etib belgilagan, «Chelsi» esa ushbu talabni qondirishga tayyor. Agar transfer amalga oshsa, bu «Bornmut» tarixidagi eng qimmat futbolchi savdosiga aylanadi. Biroq klub yarimhimoyachini qishki transfer oynasida qo‘yib yuborishni istamayapti.

Ma’lumot uchun, Skott ushbu mavsumda barcha musobaqalarda oltita bahsda maydonga tushib, bir gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, ingliz futbolchisining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar