Live
2
O'zbek

«MYU» rahbariyati Kerrik borasida qaror qabul qildi

Futbol
1 noyabr, 03:10
Klubda bosh murabbiyga nisbatan ishonch saqlanib qolmoqda.
«MYU» rahbariyati Kerrik borasida qaror qabul qildi
Foto: Evening Standard

«Manchester Yunayted» rahbariyati yaqin vaqt ichida bosh murabbiy Maykl Kerrikni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda futbol insayderi Aleks Kruk ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ketma-ket 9 ta uchrashuvda g‘alaba qozonilmaganiga qaramay, klubda mutaxassisga nisbatan ishonch bildirilmoqda. Jamoada murabbiylar shtabi almashishi, kamida milliy jamoalar o‘yinlari uchun belgilangan tanaffusga qadar kutilmaydi.

Ungacha manchesterliklar Chempionlar Ligasida «Roma», APLda esa «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, APLning 9-turida «qizil iblislar» safarda «Chelsi»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ayni paytda jamoa 7 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar