Bugun
7
O'zbek

Pochettino «MYu» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylandi — manba

Futbol
9 noyabr, 21:30
    18
Kerrikning kelajagi yaqin vaqt ichida hal qilinishi kutilmoqda.
Pochettino «MYu» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylandi — manba
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Kerrikni lavozimidan ozod etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, klub direktorlar kengashi hali yakuniy qarorga kelmagan. Biroq murabbiyning kelajagi yaqin vaqt ichida hal qilinishi kutilmoqda.

Kerrikning o‘rniga asosiy nomzodlardan biri AQSh milliy jamoasi ustozi Maurisio Pochettino hisoblanadi. Argentinalik mutaxassisning shartnomasida tovon puli to‘lash orqali kelishuvni bekor qilish bandi mavjud.

Qayd etish lozim, manchesterliklar ushbu mavsumda qoniqarsiz ishtirok etmoqda. Jamoa APLning dastlabki 10 turida bir marta g‘alaba qozondi, besh bor durang o‘ynadi va to‘rt marta mag‘lub bo‘ldi.

Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» 8 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish xavfi mavjud hududdan joy olgan. Avvalroq Desham «qizil iblislar»ning taklifini rad etgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • AQSH AQSH
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar