Live
1
O'zbek

Dmitriy Ogay: «O‘zbekiston g‘alaba qozonishi yoki durang qayd etishi mumkin»

Futbol
11 noyabr, 14:37
Qozog‘istonlik mutaxassis o‘yin oldidan fikr bildirdi.
Dmitriy Ogay: «O‘zbekiston g‘alaba qozonishi yoki durang qayd etishi mumkin»
Фото: Getty Images
12.11.2026, 10:00 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Rossiya Rossiya

Qozog‘iston futbolidagi eng nomdor va tajribali murabbiylardan biri Dmitriy Ogay Sports24.kz muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston va Rossiya milliy jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘zbekiston o‘z maydonida o‘ynashini hisobga olsak, menimcha, uchrashuv durang bilan yakunlanishi yoki o‘zbekistonlik futbolchilar g‘alaba qozonishi mumkin. Garchi Rossiya jamoasi ham juda kuchli bo‘lsa-da.

Shuni tushunish kerakki, o‘rtoqlik uchrashuvlari prinsipial ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Jahon yoki Yevropa chempionati saralash bosqichidagi o‘yinlar esa butunlay boshqacha kechadi», — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsi 12-noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida soat 20:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Rossiya Rossiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Bugungi yangiliklar