O‘rtoqlik bahsida Braziliya milliy jamoasi Singapur ustidan 7:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Bellashuvning 9-daqiqasida Vinisius Junior hisobni ochdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, u dubl qayd etdi, 21-daqiqada esa het-trikni rasmiylashtirdi. 31-daqiqada Endrik to‘rtinchi golni urdi.
Ikkinchi bo‘limda Estevao 51-daqiqada, Rayyan 65-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 74-daqiqada singapurlik himoyachi Raul Suxaymi to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Braziliya FIFA reytingida 6-o‘rinda, Singapur esa 149-pog‘onada bormoqda. Braziliya 14-noyabr kuni Yaponiyaga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
O‘rtoqlik o‘yini
Singapur — Braziliya 0:7
Gollar: Vinisius Junior 9, 15, 21, Endrik 31, Estevao 51, Rayyan 65, Suxaymi 74 (avtogol).
Singapur: Mahbud, Hariss (Buxari, 58), Baxaruddin (Chu, 89), Zulqifi (Kve, 59), Maler (Anuar, 70), Riaxan (Teh, 89), Song (Shahin, 71), Nakamura (Mao, 88), Styuart (Akbar, 88), Shahiran (Pereyra, 89), Ilxan Fandi (Tan, 70).
Braziliya: Lukas Peri, Gabriel dos Santos (Vitor Reis, 60), Jonatan Jezus (Artur Dias, 71), Duglas Santos, Vanderson Skardovelli, Bruno Gimaraes (Marlon Gomes, 61), Rayyan (Andre Luis, 80), Joao Gomes (Allan Elias, 60), Vinisius Junior (Gabriel Bontempo, 60), Estevao (Alison Santana, 70), Endrik.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi