Braziliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Romario bosh murabbiy Karlo Anchelottining o‘ziga nisbatan bildirgan fikrlariga javob qaytardi. Afsonaviy hujumchi italiyalik mutaxassisning jamoa o‘yiniga yangilik olib kira olmaganini ta’kidladi.
«Bunga javoban shuni aytmoqchimanki, ha, men haqiqatan ham ko‘p gapiraman, chunki milliy jamoamiz menga befarq emas. O‘z fikrimni bildirishga haqqim bor. Mening obro‘yim va ovozim bor.
Anchelottining ishiga kelsak, u jamoa o‘yiniga hech qanday yangilik olib kirmadi. Yana bir bor aytmoqchiman: iste’foga chiqing! Biz sizdan yaxshiroq ishlaydigan boshqa murabbiyni tayinlaymiz», — dedi Romario ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Karlo Anchelotti 2025-yilda Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Italiyalik mutaxassisning shartnomasi 2030-yil iyul oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi