Live
2
O'zbek

Bernal: «Flik «Barselona» futbolchilari bilan juda yaqin munosabatda»

Futbol
17 noyabr, 08:20
19 yoshli yarimhimoyachi nemis murabbiyining jamoaga munosabati va qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi.
Bernal: «Flik «Barselona» futbolchilari bilan juda yaqin munosabatda»
Foto: Getty Images

«Barselona» yarimhimoyachisi Mark Bernal jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi. Barça Universal nashri 19 yoshli futbolchining so‘zlarini keltirmoqda.

«Flik futbolchilar bilan juda yaqin munosabatda. U nimalar ustida ko‘proq ishlashimiz kerakligini tushuntiradi va doimo bizni qo‘llab-quvvatlaydi. Rodri «Barselona»ga o‘tganida Flik, Deku va klub rahbariyati meni tinchlantirdi. Ular mavsum uzoq davom etishini va hamma uchun o‘yin amaliyoti topilishini aytishdi», — dedi Bernal.

Ma’lumot uchun, Hans-Diter Flik 2024-yilda Xavi Ernandes o‘rniga «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Uning qo‘l ostida kataloniyaliklar ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi, mamlakat kubogi va ikki bor Superkubogida g‘olib bo‘ldi.

«Barselona» ushbu mavsumda La Liganing 12-turidan so‘ng 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar