Live
2
O'zbek

«Barselona»da Deku va Flik o‘rtasida transfer borasida kelishmovchilik yuzaga keldi

Futbol
17 noyabr, 08:00
    13
Bosh murabbiy Niko Shlotterbekni, sport direktori esa Alessandro Bastonini jamoada ko‘rmoqchi.
«Barselona»da Deku va Flik o‘rtasida transfer borasida kelishmovchilik yuzaga keldi
Foto: Getty Images

«Barselona» sport direktori Deku va jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik transfer rejalari borasida bir qarorga kela olmayapti. Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, tomonlar markaziy himoyachi pozitsiyasi uchun turli nomzodlarni ma’qullamoqda.

Manbaga ko‘ra, Flik Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni sotib olishni istamoqda. Biroq Deku ushbu nomzodga qarshi va «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonini afzal ko‘rmoqda. Hozircha kelishmovchilik qanday hal etilishi noma’lum.

Avvalroq OAVda Flik yozgi transfer oynasida Bastoni xizmatidan voz kechgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda italiyalik himoyachi «Barselona»ga o‘tishga tayyor bo‘lgani aytilgan.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Ispaniya chempionatining 12-turidan so‘ng 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar