Ispaniya milliy jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq futbolchisi, ayni paytda Italiyaning «Komo» jamoasi bosh murabbiyi Sesk Fabregas «Barselona»ni boshqarishi mumkin. The Touchline xabariga ko‘ra, Hans-Diter Flik kataloniyaliklar safini tark etsa, ispaniyalik mutaxassis uning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
Manbada qayd etilishicha, Fabregas nemis murabbiyining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rilmoqda. Hozircha «Barselona» rahbariyatining bu boradagi rasmiy qarori haqida ma’lumot berilmagan.
Ma’lumot uchun, Sesk Fabregas 2024-yil yozidan buyon «Komo» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.