Live
12
O'zbek

Rasman: Nunu Mendesh «Barsa»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

Futbol
18 oktabr, 12:00
«PSJ» himoyachisi chap son mushaklaridan jarohat olgan.
Rasman: Nunu Mendesh «Barsa»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
20.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Barselona Barselona

«PSJ» himoyachisi Nunu Mendesh Liga 1'ning 7-turidan o‘rin olgan «Strasburg»ga qarshi uchrashuvda (3:1) chap son mushaklaridan jarohat oldi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Shu tariqa, Mendesh Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-tur doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bundan tashqari, himoyachi 25-oktabr kuni «Lion»ga va 30-oktabr kuni «Gavr»ga qarshi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuborishi mumkin. Shuningdek, futbolchining xalqaro tanaffus oldidan 3-noyabr kuni «Vilyarreal» va 7-noyabr kuni «Trua»ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmasligi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Nunu Mendesh parijliklar safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, gol yoki assist qayd etmagan.

Ma’lumot o‘rnida, «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuv 20-oktabrdan 21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar