Live
1
O'zbek

Batt «MYu»ni keskin tanqid qildi

Futbol
24 noyabr, 12:29
Jamoa ayni vaqtda APL turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Batt «MYu»ni keskin tanqid qildi
Фото: Getty Images

Angliya chempionatining 11-turida «Manchester Yunayted» safarda «Liverpul»ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Natijada «qizil iblislar»ning sobiq futbolchisi Nikki Batt o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu o‘yinda yangi murabbiyning kelishi jamoaga qo‘shimcha ruh bag‘ishlaydi, degan umid bor edi. Ammo biz qattiq adashdik. Jismoniy tayyorgarlik nuqtayi nazaridan bu men ko‘rgan eng zaif «Manchester Yunayted» jamoasi.

Men klubni juda uzoq yillardan beri kuzatib kelaman. Bu — eng tuban nuqtaga tushish. Bugungi voqelik shunday», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi Football Uncensored.

Eslatib o‘tamiz, jamoa ayni vaqtda APL turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar