«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida PSVga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Madridliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozongan bellashuvda fransiyalik futbolchi klub safidagi gollari sonini 105 taga yetkazdi.
Shu tariqa Mbappe «Real» tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 19-o‘ringa ko‘tarildi. U Luis Molovnining natijasini takrorladi va hisobida 104 ta gol bo‘lgan braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldodan o‘zib ketdi.
Ro‘yxatning 18-pog‘onasida «Real» safida 106 ta gol urgan Garet Beyl joylashgan. Madrid klubining eng yaxshi to‘purari esa Krishtianu Ronaldu bo‘lib qolmoqda. Portugaliyalik futbolchi «Real» libosida jami 450 ta gol urgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi