Live
1
O'zbek

37 yoshli Perishich Chempionlar ligasida penalti tepgan eng keksa futbolchiga aylandi

Futbol
25 noyabr, 01:50
    2
Xorvatiyalik yarimhimoyachi «Real» darvozasiga gol urib, turnirning yoshga oid ikkita rekordini yangiladi.
37 yoshli Perishich Chempionlar ligasida penalti tepgan eng keksa futbolchiga aylandi
Foto: Getty Images
24.11.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 5 : 1 PSV PSV

PSV yarimhimoyachisi Ivan Perishich Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Real»ga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi. Madridliklar 5:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda xorvatiyalik futbolchi 37 yosh-u 295 kunlik edi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Perishich Chempionlar ligasi tarixida penaltidan gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi. Shuningdek, u ushbu turnir doirasida «Real» darvozasini ishg‘ol qilgan eng keksa futbolchi sifatida ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Perishich penaltini 32-daqiqada amalga oshirgan. 11 metrlik jarima zarbasi VAR aralashuvidan so‘ng, Orelyen Chuameni Sven Meynansning oyog‘ini bosib olgani uchun belgilangan edi. Ammo xorvatiyalik futbolchining aniq zarbasi PSVni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar