«Milan» va Fikayo Tomori o‘rtasida shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hozircha olib borilmayapti. Bu haqda transfer bozori bo‘yicha taniqli ekspert Matteo Moretto jurnalist Fabrisio Romanoning YouTube kanalida ma’lum qildi.
Mutaxassisning fikricha, agar Massimiliano Allegri «Milan»da qolganida, vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Allegri qo‘l ostida Tomori jamoaning deyarli almashtirib bo‘lmaydigan futbolchilaridan biri hisoblangan.
Biroq murabbiylik shtabidagi o‘zgarishlardan keyin himoyachining klubdagi mavqei ham o‘zgargan. pianetamilan.it nashri xabariga ko‘ra, ayni paytda tomonlar yangi shartnoma borasida muzokara olib bormayapti.
Ma'lumot uchun, Tomorining «Milan»dagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda.