Live
4
O'zbek

O‘zbekistonlik dzyudochilar «Saber Tashkent Grand Prix» musobaqasida 26 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
26 noyabr, 01:50
Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekistonlik dzyudochilar «Saber Tashkent Grand Prix» musobaqasida 26 ta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: MOQ

Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi «Saber Tashkent Grand Prix» xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Oltin medal:
+90 kg: Alibek Durdiyev;
-63 kg: Parizoda Yo‘ldosheva.

Kumush medal:
-73 kg: Chingiz Salimov;
-81 kg: Samandar Sunnatov;
-90 kg: Elnur Xolmurodov;
-57 kg: Zuhra Alimova;
-70 kg: Shohista To‘rayeva;
+70 kg: Hulkar Baxtiyorova.

Bronza medal:
-81 kg: Jasurbek Turkmanov;
-81 kg: Shohmurod Shomurodov;
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov;
-63 kg: Xosiyat Sobirova;
-70 kg: Poshshajon Jumaboyeva;
-70 kg: Ziyoda Shomurodova.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 14 ta bronza, umumiy hisobda 26 ta medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija bilan O‘zbekiston o‘smirlar milliy jamoasi umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin 2-o‘rinni egalladi.

Bugungi yangiliklar