Live
4
O'zbek

Zirkzee «Napoli» bilan kelishuvga erishdi – manba

Futbol
12 oktabr, 05:44
Joshua 2024-yilning yozida «Bolonya»dan «MYU»ga taxminan 43 million yevro evaziga o‘tgan.
Zirkzee «Napoli» bilan kelishuvga erishdi – manba
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Joshua Zirkzee «Napoli» klubiga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Football365 nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu transfer yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda. Niderlandiyalik futbolchi A Seriyaga qaytishga tayyor. Shuningdek, Zirkzeega «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq Neapol klubi futbolchi bilan muzokaralarni faol olib borgani va kelishuvga erishgani xabar qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Joshua 2024-yilning yozida «Bolonya»dan «Manchester Yunayted»ga taxminan 43 million yevro evaziga o‘tgan.

Bu mavsumda u mankunianliklar safida beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Ammo birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar