Live
20
O'zbek

Bekhem FIFA prezidenti bo‘lishi mumkin — Sky Sports

Futbol
17 oktabr, 07:50
Angliyalik sobiq futbolchi Janni Infantinoning ehtimoliy vorislaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Bekhem FIFA prezidenti bo‘lishi mumkin — Sky Sports
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi va AQSHning «Inter Mayami» klubi hamegasi David Bekhem Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimini egallashi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA), Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (CONCACAF), shuningdek, Germaniya futbol ittifoqi FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantinoning iste’fosiga erishish maqsadida ittifoq tuzishni rejalashtirmoqda.

51 yoshli Bekhem ushbu koalitsiya ko‘rib chiqayotgan asosiy nomzodlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Xabarda qayd etilishicha, futbol amaldorlari uning xalqaro miqyosdagi mashhurligi, obro‘si va AQSHda futbol loyihalarini rivojlantirish borasidagi tajribasi jahon futboli hamjamiyatini birlashtirishga yordam berishi mumkin deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, Janni Infantino 2016-yil fevralidan buyon FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bekhem futbolchilik faoliyatida «Manchester Yunayted», «Real», «Milan» va «PSJ» kabi klublarda to‘p surgan. Hozircha uning FIFA prezidentligiga nomzodi rasman tasdiqlangani haqida ma’lumot yo‘q.

Bugungi yangiliklar