Live
22
O'zbek

OFK delegatsiyasi Milliy futbol markazi va Yangi Toshkentdagi stadion bilan tanishdi

Futbol
17 oktabr, 08:02
Shayx Salmon O‘zbekistonda sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi
OFK delegatsiyasi Milliy futbol markazi va Yangi Toshkentdagi stadion bilan tanishdi
Foto: O'FA

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa boshchiligidagi delegatsiya Milliy futbol markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar markazda faoliyat yuritayotgan VAR markazi, raqamlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, OFK delegatsiyasi Yangi Toshkentda qurilayotgan stadionni ham ko‘zdan kechirdi.

Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa mamlakatimizda yaratilayotgan zamonaviy sport infratuzilmasini yuqori baholab, O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va futbolni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlarni e’tirof etdi.

Bugungi yangiliklar