«Real» yozda keng ko'lamli transfer siyosati doirasida bir qator futbolchilarni sotish rejasini davom ettirmoqda. Klub ketishi mumkin bo'lganlar ro'yxatini yanada kengaytirib, unga Ferlan Mendi va Andrey Luninni ham qo'shgan.
Bungacha «qirollik klubi» Eduardo Kamavinga, Dani Sebalos va yana bir nechta futbolchilarga jamoani tark etish mumkinligini ma'lum qilgandi. Shuningdek, ba'zi futbolchilar shartnomalari tugashi bilan erkin agent sifatida klubdan ketadi (David Alaba va Antonio Ryudiger).
Qayd etilishicha, «Real» tarkibda joy bo'shatish va maosh xarajatlarini kamaytirishni maqsad qilgan. Yozda «qaymoqranglilar» bir qator yangi futbolchilarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.