Live
4
O'zbek

Peres ushbu mavsum yakunlangach "Real"da "tozalash" ishlarini boshlamoqchi

Futbol
18 aprel, 02:35
Florentino "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkin bo'lgan 8 nafar futbolchidan iborat ro'yxat tuzgan.
Peres ushbu mavsum yakunlangach "Real"da "tozalash" ishlarini boshlamoqchi
Foto: Getty Images

"Real" prezidenti Florentino Peres ushbu mavsum yakunlangach jamoada yangilanish o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, funksioner yozda "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkin bo'lgan sakkiz nafar futbolchidan iborat ro'yxat tuzgan. Ushbu ro'yxatda birinchi bo'lib yarimhimoyachi Eduardu Kamavinga joy olgan, u o'tgan yozdayoq ketish istagini bildirgandi.

Shuningdek, himoyachilar Fran Garsiya va Raul Asensio, yarimhimoyachi Dani Sebalos ham klubni tark etishi kutilmoqda. "Real" himoyachilar David Alaba va Dani Karvaxal bilan yozda yakunlanadigan shartnomalarni uzaytirmoqchi emas.

Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" rahbariyati hujumchilar Franko Mastantuono va Gonsalo Garsiyani ijaraga berishni o'ylamoqda. Shu bilan birga, Vinisius Junior yoki Jud Bellingemdan birini sotish varianti ham istisno qilinmayapti.

Avvalroq Allegri va Pochettino "Real" bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlar ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar